Jump to content

User:Umarov Mirodil

From Wikipedia, the free encyclopedia

Sog'liqni saqlash boshqarmasi

[edit]

"Sog‘liqni saqlashni boshqarmasi," "sog‘liqni saqlashni boshqarish," "sog‘liqni saqlashni nazorat qilish" yoki "kasalxona", "boshqaruv" - bu barcha birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi sektorlardagi sog‘liqni saqlash tizimlari, shifoxonalar va shifoxona tarmoqlarining rahbariyati, boshqaruvi bilan bog‘liq bo'lgan sohadir.

Terminologiya

[edit]

Sog‘liqni saqlash tizimlarini boshqarish yoki sog‘liqni saqlash tizimlari shifoxonalar, shifoxona tarmoqlari va sog‘liqni saqlash tizimlarining rahbariyati umumiy boshqaruvini tavsiflaydi. Xalqaro miqyosda bu atama barcha darajadagi boshqaruvni anglatadi[1].Qo‘shma Shtatlarda bitta muassasani boshqarish - (masalan, kasalxona) "tibbiyot va sog‘liqni saqlash xizmatlarini boshqarish"[2], "sog‘liqni saqlash menejmenti" yoki "sog‘liqni saqlashni boshqarish" deb ham ataladi.

Sog‘liqni saqlash tizimlarini boshqarish muayyan natijalarga erishishni, sog‘liqni saqlash muassasasi ichidagi bo‘limlarning bir maromda ishlashini, to‘g‘ri odamlarning to‘g‘ri ish joylarida bo‘lishini, odamlar ulardan nima kutilishini bilishini, resurslardan samarali foydalanilishini va barcha bo‘limlarning o‘zaro rivojlanish va o‘sish uchun umumiy maqsad sari harakat qilishini ta’minlaydi.

Shifoxona ma'muriyati

[edit]

Shifoxona ma’murlari shifoxonalarda markaziy nazorat qilish vazifasini bajaruvchi shaxslar yoki odamlar guruhidir. Bu shaxslar avvalgi yoki hozirgi tibbiyot xodimlari yoki boshqa sog‘liqni saqlash mutaxassisi bo‘lishlari mumkin. Ma'murlar ikki turga bo'linadi: umumiy boshqaruvchilar va mutaxassislar. "Umumiy boshqaruvchilar" - butun obyektni boshqarish yoki boshqarishga yordam beradigan shaxslardir."Mutaxassislar" - bu siyosiy tahlil, moliya, buxgalteriya hisobi, byudjetlashtirish, inson resurslarini boshqarish yoki marketing kabi bo‘limlsrning samarali faoliyati uchun mas’ul bo‘lgan shaxslardir[3].

2014-yil sentabr oyidagi ma’lumotlarga ko'ra, Qo‘shma Shtatlar kasalxonalarni boshqarish xarajatlari uchun yiliga taxminan 218 milliard dollar sarflaydi, bu umumiy AQSH iqtisodiyotining 1,43 foiziga teng. "Health Affairs" ma’lumotlariga ko‘ra, kasalxona ma’muriyatining AQSH iqtisodiyotidagi ulushi 2000-yildagi 0,9 foizdan 2012-yilda 1,43 foizgacha o‘sdi. 11 mamlakatda shifoxonalar o‘z byudjetining taxminan 12 foizini ma’muriy xarajatlarga ajratadi. Qo‘shma Shtatlarda shifoxonalar ma’muriy xarajatlarga byudjetning 25 foizini sarflaydi[4].

Mahorat

[edit]

Murakkab va faol sog‘liqni saqlash muhitida ishonchlilik, ijodkorlik va motivatsiya bilan shug‘ullanishni talab qiladigan NCHL malakalar[5]:

* Javobgarlik

* Yutuqlarga yo‘nalganlik

* Rahbarlik uslubini o‘zgartirish

* Hamkorlik

* Muloqot ko‘nikmalari

* Moliyaviy ko‘nikmalar

* Ta’sir va ta’sir ko'rsatish

* Innovatsion fikrlash

* Tashkilot yangiliklaridan xabardor bo'lish

* Professionallik

* O‘ziga ishonch

* Strategik yo‘nalish

* Iste’dodlarni rivojlantirish

* Jamoaga rahbarik qilish

Malaka va tashkilotlar

[edit]

Malakalar

[edit]

Sog‘liqni saqlashni boshqarish odatda biznes maktablari yoki ba’zi muassasalarda, sog‘liqni saqlash maktablarida sog‘liqni saqlash ma’muriyati[6] yoki sog‘liqni saqlash menejmenti[7] orqali o‘rganiladi.

Shimoliy Amerika

[edit]

Aksariyat kollejlar va universitetlar sog‘liqni saqlash ma’muriyati yoki inson resurslari bo‘yicha bakalavr darajasin[8] Qo‘shma Shtatlardagi aksariyat sog‘liqni saqlash ma’murlari uchun taklif qilishadi. Sog‘liqni saqlash ma’muriyatchiligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) va sog‘liqni saqlash ma’muriyatchiligi doktori (DHA) kabi ilmiy-tadqiqot va ilmiy asoslangan doktorlik darajalari sog‘liqni saqlash mutaxassislarini o‘zlarining klinik yoki ma’muriy tajribalarini yangi bilim va amaliyotlarni rivojlantirish, o‘qitish, davlat siyosatini shakllantirish va murakkab tashkilotlarni boshqarishga tayyorlaydi. Kasbiy tayyorgarlik nuqtayi nazaridan teng deb hisoblanadigan bir nechta tan olingan daraja turlari mavjud.

Sog‘liqni saqlashni boshqarish ta’limini akkreditatsiya qilish bo‘yicha komissiya (CAHME) Amerika Qo‘shma Shtatlari va Kanadada ta’lim departamenti nomidan magistrlik dasturlarini nazorat qiluvchi ta’limni akkreditatsiya qiluvchi organ hisoblanadi. U bir nechta daraja dasturlarini akkreditatsiya qiladi, jumladan, Kasalxona ma’muriyati magistri (MHA), Sog‘liqni saqlash ma’muriyati magistri (MHSA), Kasalxona boshqaruvi bo‘yicha biznes boshqaruvi magistri (MBA-HM), Sog‘liqni saqlash ma’muriyati magistri (MHA), Jamoat salomatligi magistri (MPH, MSPH, MSHPM), Fan magistri (MS-HSM, MS-HA) va Davlat boshqaruvi magistri (MPA) bunga misol bo'la oladi.

Professional tashkilotlar

[edit]

Sog‘liqni saqlash tizimlarini boshqarish bilan bog‘liq turli xil professional uyushmalar mavjud bo‘lib, ularni shaxsiy yoki tashkiliy a’zolik guruhlari sifatida toifalash mumkin. Shaxsiy a’zolik guruhlariga jismoniy shaxslar kiradi va odatda shaxsiy ko‘nikmalarga va lavozimni rivojlantirishga e’tibor beradi. Katta shaxsiy a’zolik guruhlariga esa Healthcare Financial Management Association va Healthcare Information and Management Systems Society kabi tashkilotlar kiradi. Tashkilot a’zolik guruhlariga tashkilotlar qo‘shiladi. Ular odatda tashkiliy samaradorlikka e’tibor qaratadilar va a’zo tashkilotlar uchun ma’lumotlarni almashish kelishuvlari va boshqa tibbiy yoki ma’muriy amaliyot almashish vositalarini ham o‘z ichiga olishi mumkin. Bunga Amerika kasalxonalari assotsiatsiyasi va Universitet sog‘liqni saqlash tizimlari konsorsiumi kiradi.

Tizimdagi jarayonlar

[edit]

Sog'liqni saqlash ma’muriyatidagi faoliyat tibbiy xizmat va sog'liqni saqlash xizmatlarini tashkil etish, rivojlantirish va boshqarishdan iborat. Ushbu vazifalar shifoxonalar, klinikalar, boshqariladigan dispanserlar, sog‘liqni saqlash muassasalari va boshqa shunga o‘xshash muassasalarda amalga oshiriladi. Bu ish ko‘p qog‘ozbozlik va minimal klinik ishtirokni o‘z ichiga oladi. Sog‘liqni saqlash ma’murlari bemorlarga g‘amxo‘rlik qilish, bemorning roziligi va o‘z shifokorlari bilan munosabatlarda mukammallikni targ‘ib qilishlari kerak. Buning uchun ular o‘z xodimlari bayonnomalarga rioya qilishga tayyor ekanliklariga va o‘z bemorlari bilan ijobiy munosabatda bo‘lishga ishonch hosil qilishlari kerak. Hamma narsa tartibga solingan va tartiblar o‘rnatilgan bo‘lsa, butun tashkilot yanada yaxshiroq tajribaga ega bo'ladi. Shifokorlarning ikki tomonlama vazifasi ham sog‘liqni saqlash resurslarining iste’molchilari, ham bemorlarni yo‘naltirish va parvarish qilishni tayinlash qobiliyati bilan tashkilot daromadining nazoratchilari sifatida namoyon bo‘ladi. Bu boshqa sohalardagi asosiy tomonlar bilan taqqoslaganda shifokorlar bilan yetakchi munosabatlarni juda noodatiy qiladi[9]. Sog‘liqni saqlash ma’murlari haddan tashqari ko'p ishlashi va turli tartib-qoidalar tufayli shifokorlar o‘zalarini stressda his qilishi mumkin. Biroq, ma'muriyat va shifokorlar ham, bemorlar ham to‘g‘ri sog‘liqni saqlash boshqaruvining asosini tashkil qiladi. Ushbu ma’murlar shifokorlar, sug‘urta kompaniyalari, bemorlar va boshqa sog‘liqni saqlash xizmatlarini ko‘rsatuvchilarning tegishli davolash usullarini taqdim etish uchun zarur bo‘lgan fayllarga kirishlariga imkoniyat yaratib beradi. Tashkilotning klinik va ma’muriy tomonlarida mutaxassislarning bir nechta pog‘onalari sog‘liqni saqlash tashkilotini boshqarish va muvofiqlashtirish uchun bir qancha muammolarni keltirib chiqaradi[9]. Sog‘liqni saqlash ma’muriyati kasalxonaning ish jarayonini yaxshilashda uzoq muddatli ta’sirga ega. Ular muassasa barqarorligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.

Kasalxonalarni moliyalashtirish

[edit]

Sog‘liqni saqlash ma’murlari shifoxonalarni [[moliyalashtirishga mas’ul bo‘lib, o‘z muassasalari va resurslarini yaxshilash uchun turli strategiyalarni ilgari suradilar. Kasalxonalar marketing, xayriya tadbirlari, asbob-uskunalar, dori-darmonlar, ish haqi va boshqa aktivlarni moliyalashtiradi. Shu bilan birga muassasada odamlar uchun hamma narsa bo‘lmasligi mumkin chunki uning o‘z cheklovlari bor.

  1. ^ "World Health Organization - Management". Archived from the original on 2009-02-12.
  2. ^ "Bureau of Labor Statistics". Archived from the original on 2013-04-23.
  3. ^ "Health Care Administrator". Archived from the original on 2 July 2012. Retrieved 11 September 2012.
  4. ^ Kliff, Sarah (15 September 2014). "$1.43 of every $100 in America goes toward hospital administration". Vox. Archived from the original on 15 September 2014. Retrieved 16 September 2014.
  5. ^ "Archived copy" (PDF). Archived (PDF) from the original on 2017-01-18. Retrieved 2016-10-22.{{cite web}}: CS1 maint: archived copy as title (link)
  6. ^ "Bachelor's Degree in Healthcare Administration" Archived 2013-02-08 at the Wayback Machine New England College
  7. ^ "Bachelor of Arts in Business Administration Healthcare Management - Online Healthcare Management Degree". Florida Tech Online. Archived from the original on 2013-08-20.
  8. ^ "Bureau of Labor Statistics - Occupational Outlook Handbook entry". Archived from the original on 2009-01-05.
  9. ^ a b McAlearney, Ann Scheck (2006). "Leadership Development in Healthcare: A Qualitative Study". Journal of Organizational Behavior. 27 (7): 967–982. doi:10.1002/job.417. ISSN 0894-3796. JSTOR 4093879.